11 fevral kuni taxminan 6:00 da Samarqand viloyatidagi 4R-48 avtomobil yo‘lining 11-kilometrida yo‘l-transporti sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Jomboy-Eshimoqsoy yo‘nalishida Nexia avtomobilini boshqarib kelayotgan uqaro M.M. boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketadi va fuqaro A.D. boshqaruvidagi Volvo ekskvatori bilan to‘qnashadi.

Nexia haydovchisi va yo‘lovchi M. X. hodisa joyida vafot etdi.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-modda 3-qism «a» bandida (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) ko‘zda tutilgan jinoyat alomati bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.