Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vitse-prezidenti Mehmet Sureyya Er Turkiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi, deya xabar qildi Hurriyet Daily News.

U mazkur lavozimga diplomatik missiyaga 2016 yil so‘ngida rahbar bo‘lgan Ahmet Bashar Shen o‘rniga tayinlandi.

Mehmet Sureyyo Er 2012 yildan TIKA vitse-prezidenti lavozimida faoliyat ko‘rsatib, Markaziy Osiyo va Kavkaz hamda tashqi aloqalar va hamkorlik departamentlarini nazorat qilgan. Avval Turkiya bosh vaziri idorasida xalq diplomatiyasi boshqarmasi rahbarlaridan biri bo‘lgan. 2004−2010 yillarda Michigan universitetida (AQSH) dars o‘tgan.

Ingliz, rus, o‘zbek, arab, fransuz va boshqa tillarni biladi.