Laziz Tangriyev boshqa O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori lavozimidan ozod qilindi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi.

U boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mazkur lavozimdan ozod qilindi.

Laziz Tangriyev 2017 yil iyulida agentlik rahbari lavozimiga tayinlangan edi. Unga qadar esa G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori bo‘lib ishlagan.