«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining nosozlik sababli kechiktirilgan Istanbul-Toshkent (HY272) reysi chorshanba kuni ertalab amalga oshirildi, deya xabar qildi MAK matbuot xizmati.

Samolyot dvigateliga qush urilishi oqibatida nosozlik vujudga kelgan edi. Uni ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan uskuna va ehtiyot qismlar O‘zbekistondan yetkazib berildi.

Reys yo‘lovchilari esa mehmonxonalarga joylashtirildi.