8 dekabrdan Toshkentda markaziy isitish va issiq suv tariflari 9,1 foizga oshiriladi, deya xabar qildi «Toshissiqquvvati» korxonasi matbuot xizmati. Narxlarning oshirilishi energiya tashuvchilari va materiallari narxining o‘sishi bilan izohlanmoqda.

Aholi uchun issiq suv ta’minoti uchun yangi tarif hisoblagich bo‘lgan taqdirda bir kub metr suv uchun 4765,20 so‘m (hozirda — 4332 so‘m, o‘sish — 9,1 foiz), hisoblagich mavjud bo‘lmaganda oyiga kishi boshiga 18609,24 so‘m (hozirda — 16917,49 so‘m), umumiy dushli yotoqxonalarda esa kishi boshiga 13843,47 so‘m (hozirda — 12584,98 so‘m) etib belgilandi.

Markazlashgan isitish tarifi isitiladigan maydonning har bir kvadrat metri 1464,53 so‘mdan 1610,99 so‘mga oshiriladi.

Bunga qadar issiq suv va isitish tariflari 2018 yilning may oyida oshgan edi.

Eslatib o‘tamiz, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi tariflari 16 noyabrda va 2019 yilning 1 iyunida ikki marta oshiriladi. Avtobenzin va dizel yoqilg‘isi narxlari ham 16 noyabrda oshirilgan edi.