Kazbekov Jusipbek Sidikbekovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi O‘zA.

Jusipbek Kazbekov (1973 yilda tug‘ilgan) Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini (1995) hamda Kolorado shtati universitetini (2011 yilda magistratura, AQSH) tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi muhandis-gidrotexnik, suv resurslarini boshqarish.

Kazbekov 2015 yildan bugungi kungucha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali suv dasturlari bo‘yicha koordinatori lavozimida faoliyat yuritib keldi.

Mazkur lavozim Prezidentimizning 2018 yil 15−16 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomidagi topshiriqlariga binoan joriy qilinmoqda.