Joriy yilning 10 oyi davomida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti, Majburiy ijro byurosi hamda boshqa prokuratura organlari bo‘linmalari xodimlariga pora taklif qilish bo‘yicha 81 holatni aniqladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, taklif qilingan poralarning umumiy miqdori 28,1 ming AQSH dollari va 49 mln so‘mni tashkil etdi.

Har bir holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bosh prokuraturaning eslatib o‘tishicha, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli kurash kampaniyasi davom etmoqda. Xizmat vakolatini suiiste’mol qilish, pora olish va berish bilan bog‘liq shov-shuvli ishlar ko‘rib tergov qilinmoqda.