O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pittsburgdagi sinagogada sodir etilgan otishma oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan AQSH prezidenti Donald Trampga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Shanba kuni ertalab Amerikaning Pensilvaniya shtati Pittsburg shahrida joylashgan sinagogada (yaxudiylar ibodatxonasi - tahr.) otishma sodir bo‘ldi. RIA Novostining xabar qilishicha, hodisa oqibatida sakkizdan o‘n bir nafargacha kishi halok bo‘lgan, eng kamida olti kishi, jumladan to‘rt politsiya vakili jarohatlangan.

OAV o‘z manbalariga tayanib, otishmani 48 yoshli AQSH fuqarosi Robert Bauers sodir etganini xabar qildi.