Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev paxta yig‘im-terimi mavsumida ishtirok etayotgan hasharchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Farg‘ona viloyatidan kelgan hasharchilar bilan dalada paxta terdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimi hasharchilar bilan suhbatda bo‘lib, ilg‘or terimchilarga sovg‘alar topshirdi.

Viloyatda so‘nggi ikki kunda ob-havoning biroz noqulay kelishi paxta xomashyosini terib olishda qiyinchiliklar tug‘dirdi. Ayni shu pallada viloyat hokimi tashabbuskorlik ko‘rsatib, terimchilar holidan xabar olish hamda namuna bo‘lish maqsadida paxta terimida ishtirok etib, paxtakorlarning ko‘nglini ko‘tardi.