Prezident «Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qaror asosida «bir saylovchi — bir ovoz» prinsipiga to‘liq rioya qilinishini ta’minlash nazarda tutilgan.

Qarorga muvofiq, mamlakatimizning butun hududida saylov jarayoniga Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi joriy etiladi va Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidan foydalaniladi.

Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 aprelga qadar muddatda fuqarolarning pasport ma’lumotlarini ko‘chmas mulk ob’ektining kadastr raqamiga bog‘lagan holda vazirlik ma’lumotlar axborot bazasida ularning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari to‘g‘risidagi axborotni to‘liq muvofiqlashtiradi.

Shu bilan birga, qaror bilan Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.