Vazirlar Mahkamasining Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq, Qo‘qon shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filiali tashkil etildi.

Shuningdek qaror bilan 2018−2019 o‘quv yilida filialda bakalavr tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi.

Filialga joriy o‘quv yili uchun talabalar kontingenti Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida doimiy propiska qilingan, respublika oliy ta’lim muassasalariga qarorda belgilangan ta’lim yo‘nalishlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘qishga kira olmagan, biroq to‘plagan ballari eng yuqori ballning 30 foizi (56,7 ball)dan kam bo‘lmagan abituriyentlar hisobidan to‘lov-kontrakt asosida shakllantiriladi.

Qarorga muvofiq, Davlat test markazi ballar ketma-ketligiga rioya etgan holda tegishli ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi test natijalari qaydnomalarini chop etib, belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun filialga yetkazib beradi.

Filial Qo‘qon qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kollejida o‘z faoliyatini boshlaydi. Kollej o‘quvchilari esa o‘qishni bitirgunlariga qadar o‘quv jarayonini filial binolarida davom ettiradi.

2018−2019 o‘quv yili uchun filialda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari quyida keltirilgan:

Izoh. *2018/2019 o‘quv yilida filialga talabalar to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.