Toshkentning Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasida quvur yorilishi natijasida issiq suv oqimi yo‘l qoplamasini yorib yubordi. Avariya issiqlik tarmoqlarida quvurlar mustahkamligini tekshirish ishlari olib borilishi natijasida sodir bo‘ldi, deya xabar qildi «Toshissiqquvvati» Chilonzor tuman boshqarmasi «Gazeta.uz"ga.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, quvur payshanba kuni taxminan 10:15 larda yorilgan. «2018/2019 isitish mavsumiga tayyorgarlik maqsadida issiqlik tarmoqlarida mexanik pishiqlik va bosim osishiga chidamlilik bo‘yicha rejali sinov ishlari olib borilmoqda. 13 sentyabr kuni sinov 5-IMda boshlandi. Quvurlar ta’mirdan so‘ng pishiqlik tekshiruvidan o‘tkazildi», — dedi suhbatdosh.

Avariya to‘g‘risida Facebook`dagi «Voditeli Tashkenta» guruhi ishtirokchilari ma’lum qildi.

Quvur yorilgan joyda qoldirilgan Spark avtomobilining old qismi yo‘l qoplamasi bo‘laklari uchishidan jiddiy shikastlangan.