Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Badiiy gimnastikaning jamoaviy bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik qizlar — Sabina Tashkenboyeva, Nuriniso Usmonova, Dildora Rahmatova va Asal Ikromova kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ular umumiy hisobda 155,3 ball to‘plab, ikkinchi natijani qayd etgan holda yakunda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘yishdi.

O‘zbekistonlik sportchilar shu paytga qadar 6 ta oltin, 13 ta kumush va 11 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.