Sog‘liqni saqlash vazirligining «Ishonch telefoni» — 1003 tarkibida kunu-tun faoliyat ko‘rsatuvchi «tezkor aloqa» tarmog‘i Respublika Perinatal markazida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri perinatal markazlarida ishga tushirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu «tezkor aloqa"ning asosiy maqsadi real vaqt rejimida qizlar va ayollarga sifatli tibbiy maslahatlar berish, reproduktiv salomatlik va jinsiy tarbiya yuzasidan aholi bilimi va madaniyatini oshirishga qaratilgan hamda qizlar va ayollarning murojaatlarida ko‘tarib chiqilayotgan masalalarni tahlil qilish, umumlashtirish va sohaga oid tizimli muammolarning oldini olish borasida tegishli tashkilotlarga takliflar kiritishdir.

Mazkur sa’y-harakatlar 14 millionga yaqin ayol va qizlarga samarali akusher-ginekologik xizmati hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirishga qaratilgan.