O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni Ostona shahrida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston poytaxtiga prezident Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan Ostonaning 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etish uchun kelgan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev hamrohligida «Ostona» xalqaro moliya markazini borib ko‘rdi.