O‘zbekiston fuqarosining eski namunadagi biometrik bo‘lmagan pasportining amal qilish muddati uzaytirildi. Vazirlar Mahkamasi 30 iyun kuni shu haqdagi qarorni imzoladi, deya xabar qildi Adliya vazirligi rasmiy Telegram-kanalida.

Qarorga ko‘ra, biometrik bo‘lmagan pasportining amal qilish muddati:

  • mamlakat hududida 2019 yil 31 dekabrga qadar;
  • chet el hududida pasportning amal qilish muddatiga qadar uzaytirildi.

O‘zbekiston egalarining biometrik ma’lumotlari bo‘lgan pasportlar 2011 yil 1 yanvardan joriy etila boshlagan edi. Pasportlar 2015 yil oxiriga qadar to‘liq almashtirilishi lozim edi, biroq bu muddat 2018 yil 1 iyulga qadar uzaytirildi.

So‘nggi oylarda IIV va uning bo‘linmalari bir necha marotaba pasportini almashtirmagan fuqarolar jarimaga tortilishi (EKIHning 0,5 dan 3 barobarigacha) to‘g‘risida ogohlantirdi.

O‘tgan haftada esa ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov iyun so‘ngiga qadar 21,194 million fuqaro yoki aholining 94,9 foizi biometrik pasport olib ulgurganini ma’lum qildi.