Rossiya o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida nimchorak final uchrashuvlari boshlandi. Bugun Fransiya va Argentina terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda omad fransuzlarga kulib boqdi va ular chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan ilk jamoaga aylandilar.

Dastlab fransiyaliklar hisobni ochgan bo‘lsalar, 1-taym oxirida Di Mariya hisobni tenglashtirdi. 48-daqiqada Merkado Argentinani hisobda oldinga olib chiqdi.

Ammo Pavar hamda Mbappening ikki goli Argentinaning umidlarini puchga chiqardi. Agueroning uchrashuv oxirida kiritgan goli esa hech narsani hal qilmadi.

Fransiya — Argentina 4:3 (1:1, 3:2)

Gollar: 1:0 — 13, penalti Grizmann, 1:1 — 41 Di Mariya, 1:2 — 48 Merkado, 2:2 — 57 Pavar, 3:2 — 64 Mbappe, 4:2 — 68 Mbappe, 4:3 — 90 Aguero.

Fransiya — Loris, Pavar, Varan, Umtiti, Lyuka Ernandes, Pogba, Kante, Mbappe (Toven, 89), Grizmann (Fekir, 83), Matyuidi (Tolisso, 75), Jiru.

Argentina — Armani, Merkado, Otamendi, Roxo (Fasio, 46), Talyafiko, Peres (Aguero, 66), Maskerano, Banega, Pavon (Mesa, 75), Messi, Di Mariya.

Ogohlantirishlar: Roxo (11), Talyafiko (19), Maskerano (43), Banega (50), Matyuidi (72), Pavar (73), Otamendi (90), Jiru (90).

Video

Fransiya JCH-2018 chorak finalida Urugvay-Porugaliya juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi. Mazkur o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.