Rossiyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqichi davom etmoqda. Angliya terma jamoasi qiyin kechgan uchrashuvda g‘alabani o‘zi tomonga og‘dirib oldi.

Birinchi taymdanoq Angliya terma jamoasi tashabbusga ega bo‘ldi va bu narsa tez orada tabloda aks etdi — 11-daqiqada Harri Keyn hisobni ochdi.

Mazkur goldan keyin ham inglizlarda yana bir qator qulay vaziyatlar yuzaga kelganiga qaramay, ular imkoniyatlardan foydalana olmadilar.

35-daqiqaga keli Angliya terma jamoasi darvozasi tomon penalti belgilanda va Sassi uni aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki 15 daqiqasida aytarli xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi. Keyinchalik uyushtirilgan ko‘plab hujumlardan samara bo‘lmadi.
Uchrashuv shu hisobda yakunlanadigandek bo‘lib turgan bir vaziyatda yana Keyn katta sahnaga chiqdi va afrikaliklardan g‘alabani sug‘urib oldi.

Tunis — Angliya 1:2 (1:1, 0:1)

Gollar: 0:1 — 11 Keyn, 1:1 — 35, penalti Sassi, 1:2 — 90 Keyn.

Tunis — Assen (Bin Mustafo, 15), Bronn, Bin Yussuf, Merya, Maalul, Skiri, Bin Yussuf, Sassi, Badri, Sliti (Bin Amor, 74), Hazri (Xalifa, 85).

Angliya — Pikford, Uoker, Stounz, Maguayr, Henderson, Tripper, Yang, Lingard (Dayer, 90), Alli (Loftus-Chik, 80), Sterling (Reshford, 68), Keyn.

Ogohlantirish: Uoker (33).