Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari mart oyida bir oy avvalgiga nisbatan 3 foizga qimmatlashib, kvadrat metri uchun 575 dan 592 sh. b. ga qimmatlashdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Bahorning birinchi oyi yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartilar narxi 3 foizga oshib, 643 sh. b. ga (fevralda — 627 sh. b.) yetgan bo‘lsa, panel turdagilari narxi 4 foizga qimmatlab, 570 sh. b. ga ko‘tarildi (547).

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 582 sh. b. (+3 foiz), ikki xonali — 580 (+4 foiz), uch xonali — 612 (+3 foiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 588 (+3 foiz).

Bu boradagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.