O‘qituvchi Diana Yenikeyeva o‘limi to‘g‘risidagi maqolalar e’lon qilinganidan so‘ng bosim va tahdidlar bo‘layotganini xabar qilgan samarqandlik jurnalist Karimberdi To‘ramurod prokuratura organlari hodisaga qiziqish bildirganini

.

«Do‘stlar, xavotirlar ortda qoldi, — deb yozadi u chorshanba kuni Facebook`da. — Bugun menga Toshkentdan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi».

Jurnalistga viloyat prokuraturasiga chaqirilishi, kim qanday tahdid qilgan bo‘lsa, hammasini yozib berishi, uning himoya ostida ekani va xavfsizligi ta’minlanishi ma’lum qilingan. Shuningdek, salgina shubhali harakat sezsa ham qo‘ng‘iroq qilishi uchun telefon raqami berilib: «Biz sizdek jurnalistlarni himoya qila olamiz», — deyilgan.

Samarqand viloyat prokuraturasida u kimlar tomonidan qanday tahdidlar bo‘lganini aytib, tegishli chora ko‘rishlarini so‘rab, rasman ariza bilan murojaat qilgan.

«Menga huquqni himoya qiluvchi idora tomonidan xayrixohlik bilan qilingan muomala va e’tibordan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi», — deydi Karimberdi To‘ramurod.

U xavfsizligini ta’minlaydigan idoralar xodimlari qatorida murojaatiga befarq bo‘lmagan barcha hamkasblari, o‘quvchilari, o‘z yordamlarini taklif qilgan, hatto qo‘riqlab yurishlarini taklif etgan, dalda bo‘luvchi so‘zlari bilan qo‘llab-quvvatlagan insonlarga minnatdorchilik bildirdi.

Karimberdi To‘ramurod o‘z posti ostida qoldirgan izohida tahdidlardan so‘ng mashina haydashni to‘xtatib qo‘ygani, biroq ertadan yana rulga o‘tirishini ma’lum qildi.