9 mart kuni Dushanbeda O‘bekiston va Tojikiston prezidentlari tomonidan imzolangan bitim 19 mart kuni Tojikiston parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilingach, ushbu mamlakatga 30 kungacha muddatga tashrif buyuruvchi O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim rasman ochildi.

20 martdan O‘zbekiston fuqarolari tojik chegarasini vizasiz kesib o‘tishlari mumkin. Tojikiston TIV ertalab telefon orqali ushbu ma’lumotni «Gazeta.uz» muxbiriga tasdiqladi.

Chegarani piyoda va avtomobilda kesib o‘tish mumkin. «Gazeta.uz» muxbiri Nikita Makarenko Toshkent viloyatidagi bunga amin bo‘lish uchun «Oybek» posti orqali chegarani kesib o‘tdi. U ayni paytda Tojikistonda.

O‘zbekiston Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi xodimlarining unga ma’lum qilishicha, ayni paytda chegaradan faqatgina O‘zbekistonning chegaradosh tumanlari aholisi «chiqish vizasi"siz o‘tishlari mumkin. Qolgan o‘zbekistonliklarning Tojikistonga borishlari uchun ular pasportiga chiqishga ruxsat beruvchi stiker qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Chegarachilarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora qayta ko‘rib chiqiladi.

Tojikiston chegara xizmatidan Nikita Makarenkoga xabar qilinishicha, Tojikiston fuqarolariga O‘zbekistonga vizasiz kirish ochilgan 16 martdan buyon O‘zbekiston fuqarolari ham qo‘shni mamlakatga vizasiz kiritilmoqda.

Tojikiston tomonga o‘tishda chegarada navbatlar mutlaqo bo‘lmagan. Deklaratsiya to‘ldirish talab qilinmayapti. Ortga qaytishda esa navbat kuzatilgan.