15 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi. Ikki davlat rahbarlari san’at ustalari gala-konsertiga tashrif buyuradi, deya xabar qildi Qozog‘iston rahbari matbuot kotibi Aydos Ukibay rasmiy Facebook-sahifada.

Marosimda O‘zbekistondan yirik delegatsiya ishtirok etadi. 190 kishilik delegatsiya tarkibidan Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va «Hunarmand» uyushmasi vakillari o‘rin olgan. Konsertdan tashqari, tasviriy san’at va hunarmandchilik ko‘rgazmasi ham rejalashtirilgan, deya xabar qildi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Xuddi shu kuni Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlarining amaliy uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.