«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi Navro‘z bayrami nishonlanadigan kunlar — 18−22 martda respublika ichida amalga oshiriluvchi qatnovlar, jumladan tezyurar Afrosiyob poyezdi chiptalariga chegirmalar e’lon qildi.

Ko‘rsatilgan sanalarga chiptalarni rasmiylashtirishda 50 foizgacha miqdorda chegirmalar (oilalar, guruhlar, o‘quvchi va talabalar, pensionerlar uchun) taqdim etiladi.

Avvalroq «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy avikompaniyasi ham Navro‘z bayrami nishonlanadigan kunlarda ichki reyslarga 30−50 foiz miqdorda chegirmalar joriy etilishini e’lon qilgan edi.

28 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti shavkat Mirziyoyev «Rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va 2018 yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi farmonni imzolagan edi. Ushbu hujjatda bayram kunlari transport va mehmonxona xizmatlariga chegirmalar joriy etilishini ko‘zda tutilgan.