Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin rejalashtirmagan holda Toshkentning Sergeli tumanidagi 598- va Yashnobod tumanidagi 240-bolalar bog‘chalariga tashrif buyurdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Birinchi MTMda bolalar bog‘chasi yetarlicha bola qabul qilib, unga kirishga navbatlar bo‘lishiga qaramasdan muassasa binosining bir qismiga mahalla qo‘mitasi joylashtirilgan. Vazir Maktabgacha ta’lim boshqarmasiga mazkur binolarni MTM foydasiga qaytarib olish vazifasini topshirdi.

Yashnobod tumanidagi 240-maktabgacha ta’lim muassasasida kun tartibi, sanitar me’yorlar va bolalarni saqlash qoidalarining buzilishi aniqlandi. Mazkur bolalar bog‘chasi mudirasiga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.

Agrepina Shin kamchiliklarni tez orada bartaraf etish, maktabgacha ta’lim muassasasini ta’mirlash va bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaxshilashga topshiriq berdi.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar qilishicha, bolalar bog‘chalaridagi mavjud ahvol muntazam ravishda o‘tkaziladi.