Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Toshkent shahri bo‘yicha manzil-ma’lumotlarini berish» xizmati ishga tushirildi. Bu haqda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi matbuot xizmati xabar qildi.

Hozirda xizmat test rejimida ishlab, undan faqatgina poytaxt aholisi — jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin. Mazkur xizmat bo‘yicha Toshkent IIBB Manzil-tergov byurosi ijrochi hisoblanadi.

Xizmatdan YAIDXPning ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin. Xizmat elektron ariza yuborilgandan so‘ng besh ish kunida bepul taqdim etiladi.