To‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha FEI World Jumping Challenge Final musobaqasi Osiyo qit’asida birinchi marta bo‘lib o‘tadi, O‘zbekiston ot sporti elitasini qabul qiladi, deya xabar qildi Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi «Gazeta.uz"ga.

"Bizning mazkur sport turini rivojlantirish bo‘yicha dadil qadamlarimiz Xalqaro ot sporti federatsiyasi uchun ko‘plab nomzodlar, jumladan Ekvador, Portugaliya va boshqa davlatlar orasidan aynan bizning mamlakatimizni tanlash uchun turtki berdi. Musobaqa finaliga qadar dunyoning 10 ta mintaqasidan «A» toifasiga saralab olingan eng yuqori natijalarga ega 20 sportchi yetib keladi", — deyiladi federatsiya xabarida.

Musobaqaning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Allyur» ot sporti klubida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Tashkilotchilarning va’da qilishicha, musobaqaga kirish bepul.

FEI World Jumping Challenge Final musobaqasi 2001 yilda Germaniyaning «PSI» kompaniyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, dastlabki final musobaqalari Yevropa qit’asida bo‘lib o‘tgan, 2008 va 2009 yillarda final Amerikaga «ko‘chdi». 2014 yilda esa final musobaqalarini o‘tkazish huquqi Afrika qit’asiga nasib etdi.