2018 yil O‘zbekistonda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar yili deb e’lon qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida shunday taklif bilan chiqdi.

Taklif uzoq olqishlar bilan qarshi olindi. «Agarda bu chin yurakdan bo‘lsa, sizlarga katta rahmat», - deya hazir qildi davlat rahbari.

Yil nomini tanlashga izoh berar ekan, Prezident chiroyli nom emas, balki amaliy natijalar berishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilingan edi, hukumat odamlarni eshitdi, endi natijalar kerak, dedi u.