Toshkentdagi bir tomondan Shahrisabz, ikkinchi tomondan esa Usmon Nosir ko‘chalarining davomi hisoblangan Shota Rustaveli ko‘chasida harakat yo‘nalishlarini ajratib turuvchi metall to‘siqlarni olib tashlash ishlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq xuddi shunday to‘siqlar Shahrisabz hamda qisman Navoiy ko‘chalari, shuningdek Mustaqillik shoh ko‘chasida demontaj qilingan. Hukumat demontaj ishlari bo‘yicha rejalarga izoh bergani yo‘q, biroq bir necha yil davomida jadallik bilan o‘rnatib chiqilgan to‘siqlar piyodalar va haydovchilar uchun xavf tug‘dirgani sababli ulardan voz kechilgani ma’lum xolos.

Nima uchun ko‘cha o‘rtasiga to‘siqlar o‘rnatilgani noto‘g‘ri bo‘lgani haqida rus tilidagi «Toshkent orzusi: yo‘qolsin devorlar!» nomli maqolada tanishishingiz mumkin.