Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek {477efba4} madaniyat va istirohat bog‘i 2 oktyabrdan boshlab rekonstruksiya uchun yopiladi. Loyiha turar va noturar inshootlar qurilishi bilan shug‘ullanuvchi Jet Invest kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

«Mirzo Ulug‘bek bog‘i — Toshkentdagi eski bog‘lardan bo‘lib, 1934 yilda ochilgan. Bog‘ning ko‘plab kommunikatsiyalari va tashqi qiyofasi eskirgan, ayrim bino va attraksionlar me’yorlarga javob bermay qolgan. Bizning vazifamiz bog‘ qiyofasini yangilash, uni zamonaviy va jozibador qilishdan iborat», — dedi kompaniya vakili Zafar Rahimov «Gazeta.uz» bilan suhbatda.

Bog‘dagi ekilganiga 100 yildan oshgan ko‘plab daraxtlar saqlab qolinadi. Qo‘shimcha ravishda yangi daraxtlar o‘tqazilib, ular tajribali dendrologlar tomonidan parvarish qilinadi. Jarayon shahar madaniyat boshqarmasi hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan nazorat qilinadi.

«Loyiha haqida aytadigan bo‘lsak, biz butun bog‘ bo‘ylab piyodalar yo‘laklari, attraksionlarni yangilaymiz, kommunikatsiya va eski binolarni rekonstruksiya qilib, qo‘shimcha kirish qismini ochamiz, yangi avtoturargoh quramiz», — dedi Zafar Rahimov.

Keksalar, sport bilan shug‘ullanish va yoshlar uchun maxsus zonalar ochish rejalashtirilgan. Istirohat bog‘iga kirish bepulligicha qoladi. Yangilangan bog‘ni ochish kelgusi yilga rejalashtirilgan.

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida bog‘ sahifasi ochildi (fb.com/MirzoUlugbekPark). U yerda rekonstruksiya jarayonini yoritib {265143fb}, shuningdek fuqarolar o‘z tilak va {55fb291a} qoldirishlari mumkin.