Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari avgust oyida bir oy avvalgiga nisbatan 2 foizga qimmatlab, kvadrat metri uchun 529 dan 538 sh. b. ga ko‘tarildi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Avgust oyi yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartilar narxi foizga (562 dan 574 ga) oshgan bo‘lsa, panel turdagilari narxi 1 foizga qimmatlashdi (iyuldagi 502 dan 510 ga). Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 522 sh. b. (+2 foiz), ikki xonali — 517 (0 foiz), uch xonali — 552 (+2 foiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 553 (-1 foiz).

Bu boradagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.