15 may kuni O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi majlisida Alisher Kurmanov va Botirjon Asadovni Oliy Majlis Senati a’zolari etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

TIV matbuot xizmatining MSKga tayanib xabar qilishicha, qaror Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 13 may kuni davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan qabul qilindi.

Alisher Kurmanov ilgari O‘zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi, Botirjon Asadov esa O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlagan.