16 mart kuni Toshkentga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi rahbari Mihael Georg Link boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish kutilmoqda.