O‘zbekistonda prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti yakunlanib, “jimlik kuni” e’lon qilindi. 3-dekabr soat 00:00 dan 4-dekabr saylov yakunlanganiga qadar OAVda saylovoldi tashviqoti va uning boshqa ko‘rinishlarini o‘tkazish taqiqlanadi.

“Jimlik kuni” saylovchilarga o‘z tanlovini mustaqil belgilai, bunda saylovoldi tashviqot ta’siriga tushib qolmaslik hamda u yoki bu nomzodga ovoz berish haqida o‘ylab ko‘rishga ko‘mak beradi.

Qonunchilikka ko‘ra, “jimlik kuni"ga qadar ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar foydasiga xizmat qiluvchi reklamalar: tashviqot bosma materiallari, varaqa va plakatlar to‘liq olib tashlanadi. Faqatgina Markaziy saylov komissiyasining axboriy materiallari, nomzodlarning tarjimai holi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ularning saylovoldi dasturlari saylovoldi tashviqoti materiallari hisoblanmagani bois qoldiriladi.

“Jimlik kuni"da yagona tashviqot — saylovchilarni uchastkalarga taklif qilishga ijozat beriladi.