Donald Tramp AQSHdagi prezidentlik saylovida g‘alaba qozonmoqda, xabar qildi Bloomberg agentligi. Nashr hisob-kitobiga ko‘ra, Pensilvaniya shtatidagi g‘alabadan so‘ng u saylovchilar jamoasida 276 ovozga ega bo‘ldi. Mazkur shtatdagi saylovchilar jamoasida g‘olib bo‘lish uchun 270 vakilning ovozini olish talab etilar edi.

Shunday qilib, respublikachi 32 ta shtatdagi saylovlarda g‘alaba qozonib, AQSHning 45-prezidentiga aylandi. Ekzit-pollar asosida tayyorlangan hisob-kitoblar va ovozlarning dastlabki natijalari ham xuddi shunday ko‘rsatkichni bermoqda.

Vakillarning yakuniy ovoz berish jarayoni 19-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. 2017-yil 6-yanvarda esa Kongress uning natijalarini tasdiqlaydi. Prezident inauguratsiyasi 20-yanvar kuniga belgilangan.