Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 4-iyun kuni Nexia-3 mashinasida yong‘in yuzaga keldi, deb xabar bermoqda shahar YHXB matbuot xizmati.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Holat oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Surishtiruv ishlari boshlandi, yong‘in sababi va zarar miqdoriga aniqlik kiritiladi, deyiladi xabarda.

YHXB haydovchilardan mashinasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishni so‘radi.