O‘zbekistonda 2017-yildan 2021−2022-yilgacha bo‘lgan davrda sil, gepatit B va 2-toifa qandli diabet bilan kasallanishi kamaygan. Shuningdek, aholi o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish tufayli hayotdan ko‘z yumish ko‘rsatkichi (har 100 000 kishiga) 2017-yildagi 7,5 nafardan 2021-yilda 6,4 nafargacha kamaygan.
Latent (yashirin) tuberkulyoz bo‘yicha skrining tekshiruvlari soni har yili 1 milliontaga, bemorlarni davolash qamrovi 21 ming nafargacha yetkaziladi. Mutaxassislar tomonidan o‘smirlar va kattalar rentgenologik, bolalar esa immunologik tekshiruvdan o‘tkaziladi.
USAID O‘zbekistonga ikkita portativ rentgen apparati sovg‘a qildi. Ular silga qarshi skrining xizmatlari bilan Toshkent viloyatining chekka hududlari aholisini qamrab olish imkonini beradi. Bunday qurilmalarni boshqa hududlarga ham yetkazish rejalashtirilgan.
Silga qarshi oltita dori AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ko‘magida O‘zbekistonda foydalanish uchun JSSTning tezlashtirilgan ro‘yxatga olish tartibidan o‘tdi. Mamlakat sil kasalligiga chalinish bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinlarda turadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting