AQShning xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) 20 oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan silga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya doirasida tashkil etilgan marosimda Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi uchun ikkita Delft Light o‘ta portativ zamonaviy rentgen uskunalarini topshirdi.

Ushbu rentgen uskunalari sil bo‘yicha skrining xizmatlariga yiroq hududlarda yashaydigan jamoalarni qamrab olish va aholining zaif qatlamlarining salomatligini yaxshilash imkonini beradi.

«Силга qarshi kurashish — bu global ustuvor vazifa. Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonda 2030 yilga borib kasallikni bartaraf etish majburiyatini bajarishda Sog‘liqni saqlash vazirligini ko‘llab-quvvatlayotganidan faxrlanadi», — dedi AQShning O‘zbekistondagi muvaqqat ishlari vakili Pol Politis.

«USAID AQSh hukumatinig butun dunyo bo‘ylab tuberkulyozga qarshi kurashishida yetakchilik qiladi va ko‘p yillardan beri O‘zbekistonning tuberkulyozga qarshi kurashish milliy dasturining xamkori hisoblanadi».

O‘zbekistonning 2021−2026 yillarga mo‘ljallangan silга qarshi kurashish milliy dasturi 2025 yilga borib ushbu kasallik bilan kasallanish darajasini 50 foizga va o‘lim ko‘rsatkichini 75 foizga kamaytirishga qaratilgan. Portativ rentgen uskunalari silga skrining va tashxis qo‘yishda, shuningdek boshqa kasalliklarni, jumladan saratonning ba’zi turlarini aniqlash uchun qo‘llaniladi.


Mazkur uskunalar akkumulyator batareyalardan ham, quyosh energiyasidan ham ishlaydi va bir necha daqiqa davomida kasallikni aniqlashga qodir. Har bir uskunani ryukzakka joylab bo‘ladi, u sun’iy intellekt asosidagi dasturiy ta’minot bilan jihozlangan va kuniga 200 tagacha tasvir olishga qodir. Uskunalarning umumiy narhi 141,3 ming AQSh dollaridan ortiqni tashkil etadi.

Rentgen uskunalari Toshkent viloyatida sinab ko‘riladi. USAID taqdim etilgan jihozlarni optimal ravishda qo‘llashni ta’minlash maqsadida treninglar o‘tkazishda ham ko‘maklashadi. Qo‘shimcha uskunalarni Global jamg‘arma xarid qilib, ular borish qiyin bo‘lgan joylarda aholi skriningi maqsadida ushbu innovatsion texnologiyadan foydalanilanishlari uchun O‘zbekistonning boshqa hududlariga tarqatiladi.

USAID ko‘magi bilan o‘tkazilgan tuberkulyoz bo‘yicha xalqaro konferensiya O‘zbekiston ftiziatriya xizmatining 100 yilligi hamda ftiziatriya va pulmonologiya markazining 90 yilligiga bag‘ishlandi. Konferensiyada O‘zbekistonda tuberkulyozga qarshi kurashish milliy dasturining asosiy bosqichlari, jumladan uning tarixi va yutuqlari ham aytib o‘tildi.

USAID tuberkulyozzga qarshi isbotli aralashuvlar miqyosini kengaytirish yo‘li bilan ko‘p dorilarga chidamli silga qarshi kurashishning innovatsion va iqtisodiy samarador usullarini ishlab chiqishda O‘zbekistonning silga qarshi kurashish milliy dasturini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Ushbu aralashuvlarda davolashning qisqartirilgan sxemalarini, yangi preparatlar va silga tahlil uchun tashxislashda samarador texnologiyalarni qo‘llash nazarda tutiladi. Avvalroq USAID laboratoriyalarga GeneXpert jihozlarini yetkazib berib, silni tashxislash sifatini oshirishni qo‘llab quvvatladi, bu chora silni tashxislash vaqtini ikki haftadan taxminan ikki soatgacha qisqartirish imkonini berdi.