«rosselxoznadzor» tegli maqolalar


O‘zbekistondagi 17 ta korxonaga Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berildi
14 aprel 2021, 10:24

O‘zbekistondagi 17 ta korxonaga Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berildi

Rosselxoznadzor 14 apreldan boshlab, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining kafolati bilan Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi 17 ta korxonaga Rossiyaga pomidor va qalampirni yetkazib berishga ruxsat beradi. Shu kunga qadar Rossiyaga Farg‘ona viloyatidagi yettita korxonadan pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berilgan edi.

Rosselxoznadzor Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga olib kirilayotgan o‘simlik mahsulotlariga bo‘lgan vaqtinchalik cheklovni olib tashladi
9 aprel 2021, 11:41

Rosselxoznadzor Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga olib kirilayotgan o‘simlik mahsulotlariga bo‘lgan vaqtinchalik cheklovni olib tashladi

7 apreldan boshlab Farg‘ona viloyatidan Rossiya Federatsiyasi hududiga pomidor va qalampirdan tashqari barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berildi.

Rossiya Farg‘ona viloyatidan quruq mevalar importiga taqiqni bekor qildi
30 dekabr 2020, 23:43

Rossiya Farg‘ona viloyatidan quruq mevalar importiga taqiqni bekor qildi

Rosselxoznadzor 1 yanvardan Rossiyaga Farg‘ona viloyatidan quruq mevalarni olib kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Cheklov 7 dekabrda o‘rnatilgan edi.

Rosselxoznadzor O‘zbekistonning 34 ta korxonasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi
30 dekabr 2020, 10:38

Rosselxoznadzor O‘zbekistonning 34 ta korxonasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi

Rosselxoznadzor 1 yanvardan boshlab Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi 34 ta korxonaga Rossiyaga pomidorlarni olib kirishga ruxsat berdi.

«Rossiya temir yo‘llari» O‘zbekistondan meva va sabzavotlar olib kirishni arzonlashtirmoqda
23 dekabr 2020, 13:53

«Rossiya temir yo‘llari» O‘zbekistondan meva va sabzavotlar olib kirishni arzonlashtirmoqda

«Rossiya temir yo‘llari» kompaniyasi O‘zbekiston va Tojikistondan keltiriladigan meva va sabzovot mahsulotlarini tashishda 50% lik chegirma joriy qildi. 2021 yil davomida to‘liq amalda bo‘ladi.

Rosselxoznadzor Farg‘ona viloyatidan kiradigan sabzavotlarga ta’qiqni qisman bekor qildi
19 dekabr 2020, 14:06

Rosselxoznadzor Farg‘ona viloyatidan kiradigan sabzavotlarga ta’qiqni qisman bekor qildi

Rossiya O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan olib kirilayotgan pomidor va qalampirga qo‘yilgan vaqtinchalik ta’qiqlarni qisman bekor qildi.

Rossiya Qashqadaryodan pomidor va qalampir olib kirishga ta’qiq qo‘ydi
9 dekabr 2020, 15:00

Rossiya Qashqadaryodan pomidor va qalampir olib kirishga ta’qiq qo‘ydi

Rosselxoznadzor Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan pomidor va qalampir olib kirishni ta’qiqladi. Bunga sabab mahsulotlarda urug‘li jigarrang burishgan virus aniqlanganligi aytilmoqda. Bundan tashqari, Rossiya Ozarbayjon, Turkiyaning Antalya va Izmir provinsiyalari hamda Armanistonning Armavir viloyatidan pomidor olib kirishni ta’qiqlagan.

Rossiya Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi
8 dekabr 2020, 09:46

Rossiya Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi

Rossiyaning veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati quritilgan o‘rik partiyasida kapr qo‘ng‘izi topilgani sababli Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi. Avvalroq «O‘zdavkarantin» tomonlar cheklovlar qo‘ymaslik to‘g‘risida kelishib olganini ma’lum qilgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting