«pomidor» tegli maqolalar


Qozog‘istonga jo‘natilgan O‘zbekiston pomidorlarida xavfli virus aniqlangani rad etildi
16 aprel 2023, 12:02

Qozog‘istonga jo‘natilgan O‘zbekiston pomidorlarida xavfli virus aniqlangani rad etildi

Tarmoqlarda Qozog‘istonga import qilingan 43 tonna pomidorda xavfli virus aniqlangani haqida xabar tarqalgandi. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi buni rad etib, qo‘shni mamlakatdan mahsulotlarni orqaga qaytarish holati kuzatilmagani va e’tiroznoma jo‘natmaganini bildirdi.

O‘zbekistonda pomidor narxi keskin tushib ketdi — EastFruit
15 aprel 2023, 16:59

O‘zbekistonda pomidor narxi keskin tushib ketdi — EastFruit

O‘zbekistonda pomidor narxi bir haftada 33 foizga tushib ketdi (22 ming so‘mgacha) va bu pasayish tendensiyasining boshlanishi hisoblanadi, demoqda EastFruit ekspertlari. Hozirda qizil dumaloq pomidor narxi o‘tgan yilgidan 16% ga yuqori bo‘lsa, pushti pomidor narxi 1,5 barobar yuqoriligicha qolmoqda.

O‘zbekistonda issiqxona pomidori narxi qimmatlashishda davom etmoqda — EastFruit
28 mart 2023, 15:42

O‘zbekistonda issiqxona pomidori narxi qimmatlashishda davom etmoqda — EastFruit

O‘zbekistonda o‘tgan haftada qizil dumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 29 foizga va o‘tgan yilga nisbatan deyarli 2 baravarga oshdi. Avvalroq mahsulot narxining oshishiga yanvar oyidagi anomal sovuq sabab sifatida ko‘rsatilgandi.

EastFruit portali — O‘zbekistonda pomidor narxining keskin oshishi sabablari haqida
16 mart 2023, 10:51

EastFruit portali — O‘zbekistonda pomidor narxining keskin oshishi sabablari haqida

O‘zbekistonda issiqxona pomidorining narxi keskin ko‘tarildi, buning sababi sifatida yanvar oyidagi anomal sovuq paytida issiqxonalarda hosilning nobud bo‘lgani ko‘rilmoqda. 10 martga qadar qizil pomidorning ulgurji narxi 27 ming so‘mga, pushti ranglisi esa 33 ming so‘mgacha ko‘tarilgan.

Rossiya O‘zbekistondan pomidor va qalampir olib kirishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi
5 mart 2022, 14:56

Rossiya O‘zbekistondan pomidor va qalampir olib kirishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi

Rosselxoznadzor 2020 yildan beri amalda bo‘lgan taqiqni bekor qilib, Rossiyaga 9 ta davlat qatorida O‘zbekistondan ham pomidor va qalampirni olib kirishga ruxsat berdi.

O‘zbekistondagi 17 ta korxonaga Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berildi
14 aprel 2021, 10:24

O‘zbekistondagi 17 ta korxonaga Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berildi

Rosselxoznadzor 14 apreldan boshlab, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining kafolati bilan Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi 17 ta korxonaga Rossiyaga pomidor va qalampirni yetkazib berishga ruxsat beradi. Shu kunga qadar Rossiyaga Farg‘ona viloyatidagi yettita korxonadan pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berilgan edi.

Rosselxoznadzor O‘zbekistonning 34 ta korxonasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi
30 dekabr 2020, 10:38

Rosselxoznadzor O‘zbekistonning 34 ta korxonasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi

Rosselxoznadzor 1 yanvardan boshlab Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi 34 ta korxonaga Rossiyaga pomidorlarni olib kirishga ruxsat berdi.

Rossiya Qashqadaryodan pomidor va qalampir olib kirishga ta’qiq qo‘ydi
9 dekabr 2020, 15:00

Rossiya Qashqadaryodan pomidor va qalampir olib kirishga ta’qiq qo‘ydi

Rosselxoznadzor Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan pomidor va qalampir olib kirishni ta’qiqladi. Bunga sabab mahsulotlarda urug‘li jigarrang burishgan virus aniqlanganligi aytilmoqda. Bundan tashqari, Rossiya Ozarbayjon, Turkiyaning Antalya va Izmir provinsiyalari hamda Armanistonning Armavir viloyatidan pomidor olib kirishni ta’qiqlagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting