«parij-2024» tegli maqolalar


Parij-2024: O‘zbekistonlik kamonchilar 1/32 final bosqichiga chiqdi
25 iyul 2024, 22:40

Parij-2024: O‘zbekistonlik kamonchilar 1/32 final bosqichiga chiqdi

25-iyul kuni Olimpiya o‘yinlari kamondan otish bahslarining 1-saralash bosqichi boshlandi. Unda Ziyodaxon Abdusattorova 649 ochko to‘plab, 34-o‘rinni band qildi. Amirxon Sodiqov esa 674 ochko bilan 13-natijani qayd etdi. Ular 31-iyul kuni 1/32 final bosqichidan medallar uchun kurashni boshlaydi.

“Hozircha hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q”. Eldor Shomurodov — Ispaniya bilan uchrashuv haqida
25 iyul 2024, 12:16

“Hozircha hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q”. Eldor Shomurodov — Ispaniya bilan uchrashuv haqida

Olimpiada o‘yinlarining futbol bo‘yicha guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Futbolchi Eldor Shomurodov o‘yin haqida fikr bildirib, jamoa kichik xatolar evaziga yutqazganini aytdi. “Guruhda o‘zimizga teng raqiblarimiz bor. Hozircha hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q”, dedi u.

Xulian, Ashraf, Fermin, Eldor: Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan 11 mashhur futbolchi
24 iyul 2024, 19:07

Xulian, Ashraf, Fermin, Eldor: Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan 11 mashhur futbolchi

Bugun Parijdagi Olimpiya o‘yinlari doirasida futbol bo‘yicha bahslar start oldi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixidagi ilk ishtirokini Ispaniyaga qarshi uchrashuv bilan boshladi. “Gazeta.uz” musobaqaning futbol bo‘yicha bahslarida dunyoning qaysi yulduzlari to‘p tepishi haqida qisqacha ma’lumot beradi.

O‘FA Parij-2024 o‘yinlariga boradigan futbolchilar tarkibini e’lon qildi
4 iyul 2024, 11:52

O‘FA Parij-2024 o‘yinlariga boradigan futbolchilar tarkibini e’lon qildi

O‘zbekistonning Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga boradigan tarkibidan 23 nafar futbolchi joy oldi, ularning soni bittaga kamayishi mumkin. Shuningdek, tarkibda 3 nafar 23 yoshdan katta futbolchi — Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Husniddin Aliqulovlar bor.

Abdumalik Xalokov va Zaynab Dayibekova Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida bayroqdor bo‘ladi
2 iyul 2024, 14:36

Abdumalik Xalokov va Zaynab Dayibekova Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida bayroqdor bo‘ladi

Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida bokschi Abdumalik Xalokov va qilichboz Zaynab Dayibekova O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari bo‘ladi. G‘oliblarga Tokiodagi kabi oltin medal uchun $200 ming, kumush uchun $100 ming, bronza sohibiga esa $50 ming beriladi. Sportchilar 7Saber brendi ostidagi formada qatnashadi.

Oksana Chusovitina jarohati sababli Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qatnasha olmaydi
23 may 2024, 17:23

Oksana Chusovitina jarohati sababli Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qatnasha olmaydi

48 yoshli badiiy gimnastikachi Oksana Chusovitina Osiyo chempionati oldidan olgan jarohati sababli Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida qatnashmaydigan bo‘ldi. Bu turnir uning faoliyatidagi to‘qqizinchi Olimpiadaga yo‘llanma olish uchun so‘nggi imkoniyat edi.

Parijdagi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun 3 oyda 73,3 mlrd so‘m sarflandi
21 may 2024, 17:27

Parijdagi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun 3 oyda 73,3 mlrd so‘m sarflandi

Milliy olimpiya qo‘mitasi sport tashkilotlari bilan birga Parijda o‘tadigan yozgi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun yanvar-mart oylarida 73,3 mlrd so‘m mablag‘ sarfladi. Bu sportchilarning tayyorgarligi, ularga anjom va inventarlar xarid qilish, tashkilotlarning ustav xarajati va boshqalar uchun yo‘naltirildi.

Prezident Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida yakka kurashdan boshqa sport turlaridan ham medallar kutmoqda
5 fevral 2024, 17:45

Prezident Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida yakka kurashdan boshqa sport turlaridan ham medallar kutmoqda

Shavkat Mirziyoyev Parijda bo‘ladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga qattiq tayyorgarlik ko‘rishni tayinladi. “Bu yilgi yutuqlarni Tokiodagi kabi faqat yakka kurash sport turlari hisobidan qo‘lga kiritamiz, degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri. Natija tarixda eng yaxshisi bo‘lishi uchun hozirdan chora ko‘rish kerak”, dedi u.

O‘zbekiston velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiadaga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
19 oktabr 2023, 11:18

O‘zbekiston velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiadaga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston velosport bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiadada ishtirok etish uchun to‘rtta — ayollar terma jamoasi uchta, erkaklar jamoasi esa bitta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Parijdagi Olimpiada va Paralimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi
9 noyabr 2021, 14:32

Parijdagi Olimpiada va Paralimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi

2024 yilgi Parij Olimpiadasi va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarda o‘zbekistonlik sportchilar uchun 26 sport turi bo‘yicha 103 ta litsenziya olish ko‘zda tutilgan. Ushbu o‘yinlarda birinchi marta erkaklar va ayollar o‘rtasida teng miqdordagi litsenziyalar taqsimlanadi. MOQga Olimpiadada ishtirok etish uchun ariza topshiradigan sportchi ayollar sonini ko‘paytirish topshirildi.

«Parij Olimpiadasiga tayyorgarlikni shu bugundan boshlashimiz kerak» — prezident
13 avgust 2021, 16:48

«Parij Olimpiadasiga tayyorgarlikni shu bugundan boshlashimiz kerak» — prezident

Shavkat Mirziyoyev navbatdagi olimpiadada jamoaviy sport turlari bo‘yicha ham yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish asosiy maqsad bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. «Agar kimdir, bundan keyin ham oldingi Olimpiya o‘yinlarida bo‘lgani kabi, faqat yakkakurash sport turlari hisobidan yutuqlarga erishamiz, deb o‘ylasa, adashadi», — dedi prezident.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting