Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qiz murdasi jinsiy zo‘rlash belgilari bilan topilgani odamlarni junbishga keltirdi. Jamoatchilik bunday jinoyatlar uchun jazo kuchaytirilishi lozim, degan fikrda. Ayni vaqtda, faollar «bolaning xavfsizligini ota-onaning bo‘yniga yuklashni mas’uliyatsizlik» deb baholamoqda.
Deputat Odiljon Tojiyev BBC O‘zbek xizmatiga Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlardan maqsad prezident muddatini yangilash ekanligini inkor qildi. U bu haqdagi o‘zgartirish muallifini oshkor qilmadi, biroq minglab fuqarolar hozirgi davlat rahbari islohotlarni davom ettirishini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Konstitutsiyaviy komissiya Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib, internetda bildirilayotgan fikrlarni tahlil qilib borayotgani ma’lum qilindi. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar O‘zbekiston xalqining, jumladan, qoraqalpoqlarning ham orzu-intilishlari ifodasi bo‘lishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Bosh qonuniga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya o‘zining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. 6 kun davomida 13,15, 29, 37, 40, 41, 53, 78 va 80-moddalarga bog‘liq takliflar kelib tushgan. Komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojiyev prezidentga nomzod bo‘yicha talablar va vakolatlar muddati belgilangan 90-modda yuzasidan taklif yuborilgan yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida spikerga raqamli rivojlanish va axborot siyosati masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosar lavozimi ta’sis etildi. Deputatlar mazkur lavozimga Odiljon Tojiyevni saylashdi. U parlament imidji masalalariga mas’ul bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting