O‘zbekiston Bosh Prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Sirdaryo viloyati boshqarmasi va Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahrida odam savdosi yuzasidan tadbir o‘tkazildi, deya xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Ushbu tadbirda Gulistonda yashovchi O‘. A. shahardagi «Shohruh» mehmonxonasi ro‘parasida xaridor sifatida jalb etilgan M.X.ga 2019 y.t, voyaga yetmagan qiz farzandi O‘.L.ni 17 ming dollar evaziga sotayotgan vaqtida ushlandi. Daliliy ashyo sifatida 17 ming dollar bayonnoma rasmiylashtirib olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Gulistonda sardobalik ayollar yangi tug‘ilgan chaqaloqni 18 ming dollarga, may oyida esa 2019 yilda tug‘ilgan chaqaloqni 2 mln so‘mga sotayotganda ushlangan edi.