Mehnat vazirining ta’kidlashicha, O‘zbekiston aholisining 850 mingdan ortig‘ini nogironlar tashkil etadi. Ularning 70 mingga yaqini ishlaydi, yana 100 mingdan ortig‘i mehnat qilish istagida. «Xorijda tadbirkorlar nogironlarni ishga olishga sharaf deb qaraydi, bizda esa ozgina cho‘chiydi», — dedi Nozim Xusanov.
Shu yilning 6 oyi davomda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida xodimlar uchta holatda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish uchun pul talab qilgani aniqlandi, deya ma’lum qildi vazir Nozim Xusanov. «Bu holatlar uchrayotgan soha mas’ullari bilan ishlashga harakat qilamiz», — dedi u.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov ko‘pgina davlatlarda ish o‘rnini davlat yaratmayotganini, ularni yaratish uchun imkoniyat yaratib berishi kerakligini ta’kidladi. Vazirning aytishicha, 2021 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 10,5 foizga teng bo‘lgan.
Xalqaro mehnat tashkilotining 2020 yilgi «Uchinchi tomon monitoringi» natijalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda o‘tgan yili tizimli majburiy va bolalar mehnati qayd etilmagani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, hisobot davomida 46 ta majburiy mehnat holati aniqlangani, 42 nafar mansabdor javobgarlikka tortilgani aytildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting