«murojaatnoma» tegli maqolalar


Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida eng ko‘p ishlatgan so‘zlar
29 dekabr 2020, 16:48

Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida eng ko‘p ishlatgan so‘zlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabrdagi parlamentga murojaatnomasida eng ko‘p «yoshlar», «ta’lim» va «pandemiya» so‘zlarini ishlatdi. Davlat rahbari nutqida 41% urg‘u iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 28% ijtimoiy sohaga doir masalalarga qaratildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari murojaat bo‘yicha lingvistik va kontent tahlilni taqdim etishdi.

25 ta manzil-koloniya bosqichma-bosqich qisqartiriladi
29 dekabr 2020, 16:22

25 ta manzil-koloniya bosqichma-bosqich qisqartiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida mamlakatdagi 25 ta manzil-koloniya bosqichma-bosqich qisqartirilishi, birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga berilgann jazo qisqartirilsa, u manzil-koloniyaga o‘tkazilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri probatsiya nazoratiga olinishini ma’lum qildi.

«Prezident saylovlari xalqaro tamoyillar asosida o‘tkazilishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev
29 dekabr 2020, 14:05

«Prezident saylovlari xalqaro tamoyillar asosida o‘tkazilishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida O‘zbekiston 2021 yilda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini o‘tkazish masalasiga to‘xtaldi. «Biz o‘tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilarning tavsiyalarini milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz», — dedi davlat rahbari.

O‘zbekistonda 15 yildan beri doimiy yashab kelayotganlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik beriladi
29 dekabr 2020, 14:01

O‘zbekistonda 15 yildan beri doimiy yashab kelayotganlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik beriladi

Prezident Oliy Majlisga murojaatnomasida kelasi yili mamlakatda 2005 yildan beri doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligi berilishini e’lon qildi.

«Bizning ishimizdagi asosiy kamchilik, bu — bilim yetishmasligi va korrupsiya» — prezident
29 dekabr 2020, 13:40

«Bizning ishimizdagi asosiy kamchilik, bu — bilim yetishmasligi va korrupsiya» — prezident

«Bizning ishimizdagi eng katta nuqson, bu — bilimlarning yetishmasligi va korrupsiya. Bu barcha sohalarda seziladi», dedi prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida. Davlat rahbari, shuningdek, kelgusi yilda byudjeti 3 trillion so‘m bo‘lgan «Mintaqaviy infratuzilmani rivojlantirish jamg‘armasini» tashkil etishni taklif qildi.

Respublika jamoat xotin-qizlar kengashi tashkil etiladi
29 dekabr 2020, 13:19

Respublika jamoat xotin-qizlar kengashi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev Respublika jamoat xotin-qizlar kengashini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi va ushbu tashkilotga raisi sifatida Tanzila Narbayevani taklif qildi. Ayollarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va aniqlangan muammolarni hal qilish uchun byudjetdan qo‘shimcha ravishda 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.

O‘zbekiston prezidenti parlamentga murojaatlarida eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatgan
28 dekabr 2020, 17:13 1

O‘zbekiston prezidenti parlamentga murojaatlarida eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatgan

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari oxirgi 3 yilda qilingan parlamentga murojaatlarning lingvistik va kontent tahlilini o‘tkazib, ularni tasviriy ifodalovchi so‘zlar jamlanmasini tuzdi.

Prezident murojaatnomasi 29-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi
28 dekabr 2020, 15:57 1

Prezident murojaatnomasi 29-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi

Davlat rahbari murojaatnomada 2021-yilga nom berishi, mamlakatni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilashi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting