Prezident Shavkat Mirziyoyev parlementga murojaatnomasida jazoni ijro etish tizimida insonparvarlik tamoyilini keng qo‘llash borasidagi ishlarga alohida to‘xtalib, kelgusida jazoni ijro etish tizimida manzil-koloniyalar bosqichma-bosqich qisqartirib borilishini ma’lum qildi.

«Xalqaro standartlardan kelib chiqib, 25 ta manzil-koloniyalar bosqichma-bosqich qisqartiriladi. Bundan buyon birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga berilgan jazo yengilrog‘i bilan almashtirilsa, u manzil-koloniyaga o‘tkazilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri probatsiya nazoratiga olinadi», — dedi davlat raxbari.

E’tiborlisi shundaki, endilikda mazkur yangillik natijasida hozirda jazo o‘tayotgan 6 ming nafar shaxsga o‘z mahallasi nazorati ostida oilasi bag‘rida bo‘lish imkoniyati yaratiladi.

«Shu bilan birga, jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va shartli ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish vakolati jazoni ijro etish organidan, yangi tashkil etiladigan Insonparvarlik komissiyasiga o‘tkaziladi», — deb qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.