O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 15 yil davomida mamlakatimizda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolikni qabul qilish tartibi joriy etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu haqda parlamentga yo‘llagan murojaatida aytib o‘tdi.

O‘tgan yili mamlakatga 1995 yilgacha kelgan 50 mingdan ortiq kishi fuqarolik oldi.

«Kelgusi yilda mamlakatimizga 2005 yilgacha kelgan va bu yerda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligini beramiz», — deya e’lon qildi Shavkat Mirziyoyev.

Bu o‘zgarish bilan mamlakatda yashab kelayotgan yana 20 ming kishi fuqarolik oladi, dedi prezident.