O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatida 2021 yilda «mamlakatimiz va xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea» — prezident saylovini o‘tkazish masalasiga aloxida to‘xtalib o‘tdi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Markaziy saylov komissiyasi «bo‘lajak saylovlarni milliy qonunchilik va umum’etirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida yuqori darajada tashkil etishga alohida e’tibor qaratish lozim».

«Biz o‘tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilarning tavsiyalarini milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz», — dedi davlat rahbari.

U yaqinlashib kelayotgan siyosiy kampaniya «siyosiy va huquqiy madaniyatning izchil o‘sishini, dunyoqarashning kengayishini va saylovchilarning, yangi O‘zbekistonda barcha yurtdoshlarimizning fuqarolik pozitsiyasining mustahkamlanishini namoyish etishiga» ishonch bildirdi.