«Bugungi kunda bizning ishimizdagi eng katta nuqson, bu — bilimlarning yetishmasligi va shuningdek., korrupsiya. Bu, afsuski, barcha sohalarda seziladi», dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni parlamentga qilgan murojaatida.

Uning ta’kidlashicha, zamonaviy bilimlarsiz bironta mintaqani va bironta sanoatni rivojlantirish mumkin emas. Rivojlangan mamlakatlarda YAIMning 50% dan ortig‘i «ilm-fan iqtisodiyoti», ya’ni innovatsiya va yuqori malakali kadrlar tomonidan yaratiladi.

«Bundan buyon har bir qishloq va mahalla o‘zlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlanib, „o‘sish nuqtalarini“ aniqlaydilar. Shu maqsadda kelgusi yilda byudjeti 3 trillion so‘m bo‘lgan „Mintaqaviy infratuzilmani rivojlantirish jamg‘armasini“ tashkil etishni taklif qilaman. Uning mablag‘lari mahalliy Kengashlar tomonidan taklif qilingan infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishga sarflanadi», — dedi davlat rahbari.

84 ta tuman va shaharlarda 100 ta texnoparklar, kichik sanoat zonalari, mintaqaviy klasterlar va logistika markazlari yaratiladi. Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida infratuzilmani yaratish uchun 1,6 trln so‘m ajratiladi.

1 aprelga qadar hukumat hududlarda 130 ming kilometr past kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va 40 mingdan ortiq transformatorlarni bosqichma-bosqich yangilash dasturini tasdiqlashi kerak.

Shuningdek, ta’mirga muhtoj 5000 dan ortiq ko‘priklarni tiklashni ko‘zda tutuvchi dastur qabul qilinadi. Ushbu ish uchun 2021 yilda 400 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.