«mansabdorlar» tegli maqolalar


2023-yilda lavozim jinoyati uchun sudlangan mansabdor shaxslar soni qariyb 15 foizga oshdi
1 fevral 2024, 00:49

2023-yilda lavozim jinoyati uchun sudlangan mansabdor shaxslar soni qariyb 15 foizga oshdi

2023-yilda 3575 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan, bu avvalgi yilga nisbatan 14,7 foizga ko‘p degani. Katta farq bilan yetakchilik qilayotgan asosiy jinoyat turi mulkni o‘g‘irlashdir. Respublika darajasidagi amaldorlar 2022-yilga nisbatan 55 foizga kam hukm qilingan.

DXX korrupsiya va firibgarlikda gumonlangan mansabdorlarni qo‘lga oldi
2 mart 2023, 11:31

DXX korrupsiya va firibgarlikda gumonlangan mansabdorlarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri va Farg‘ona, Namangan viloyatlarida korrupsiya va firibgarlikda gumonlangan mansabdorlarni qo‘lga oldi. Ular fuqarolardan 5−10 ming dollar olayotgan vaqtlarida ushlangani aytilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda 15 nafar mansabdor shaxs ishdan bo‘shatildi, 116 nafariga intizomiy chora ko‘rildi
15 noyabr 2022, 19:31

Qoraqalpog‘istonda 15 nafar mansabdor shaxs ishdan bo‘shatildi, 116 nafariga intizomiy chora ko‘rildi

Qoraqalpog‘istonda «o‘z sohalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarishda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlamagan» 15 nafar mansabdor shaxs egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, 116 nafariga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Uchquduq tuman hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
5 mart 2022, 15:21

Uchquduq tuman hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Antikorrupsiya agentligi Uchquduq tuman hokimining sobiq o‘rinbosari va boshqalar 33 nafar fuqaroni «Yo‘lchilar», «Ko‘kpatas» va «Ko‘kayaz» mahallalarida 3 yil davomida yashaganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ulardan 25 nafari OTMga davlat granti asosida kirishiga sababchi bo‘lganini ma’lum qildi. Davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgani uchun mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Karmana tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri ishdan bo‘shatildi
29 dekabr 2021, 16:36

Karmana tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri ishdan bo‘shatildi

Karmana tumani xalq ta’limi bo‘limining mudiri vazifasini bajaruvchi, metodisti va bosh hisobchisi chet tili o‘qituvchilariga darslik sotib olishi uchun tarqatilayotgan 1 mln so‘mni naqd ko‘rinishda bergani, qolaversa, 60 ming so‘mlik darsliklarni 483 ming so‘mdan sotgani uchun ishdan bo‘shatildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting