«Zarubejneft» Jizzakh Petroleum kompaniyasining ulushini sotib olishni muhokama qilmoqda, deya xabar berdi «Kommersant’». Rossiyaning davlat kompaniyasi mintaqada neft va gaz qazib olish bo‘yicha klaster shakklantirmoqchi.
2020 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari 1,86 trillion kub metrga yetgan. Amaldagi qazib chiqarish hajmlarida ushbu zaxiralar kamida 34 yilga yetadi. Ularning yarmidan ko‘pi “O‘zbekneftgaz” korxonalari, 20 foizdan ko‘prog‘i esa “Lukoyl” kompaniyasi hissasiga to‘g‘ri keladi.
2021 yilda O‘zbekistonda 53,8 mlrd kub metr gaz qazib chiqarish rejalashtirilmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, ishlab chiqarishning katta qismi «O‘zbekneftgaz» korxonalari (64,3%) hisobiga to‘g‘ri kelsa, qazib chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda «Lukoyl», uchinchi o‘rinda Uz-Kor Gas Chemical kompaniyalari bo‘ladi.
Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalar uchun 12 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda. Bungacha kompaniya O‘zbekistonning energiya salohiyatini rivojlantirishga 8 mlrd dollar investitsiya yo‘naltirgan edi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting